Logo
UZ

Jek London: Martin Iden

• 1 daqiqa mutolaa

Jek Londonning “Martin Iden” romani haqida qisqacha

Men bu hikoya haqida juda ko’p narsa deya olishim mumkin. Martin Iden qismati har bir o’zligini va hayotdagi yo’lini qidirayotganlar uchun o’rnak bo’lishi qiyindir, ammo u aytishga arziydi deb hisoblayman.

Xullas, asar juda ham ajoyib tarzda yozilgan, agar oramizda ushbu asarni o’qib chiqqanlar bo’lsa, bilishadiki, Martin Idenning roman voqealari davomida Ruf ismli burjuaziya qiziga ko’ngil qo’yishi (aniqrog’i ko’ngil qo’ydim deb o’ylashi) uning mashaqqatli ayni damda ulkan “revolyutsion” davrni boshlab beradi. Ya’ni u hamma ishini yig’ishtirib qo’yib yozuvchilikka sho’ng’ib ketadi, yozaveradi, yozaveradi, yozaveradi…

jurnallar va gazetalar uning qo’lyozmalarini qabul qilmaydi, odamlar oyoqosti qilishda davom etadi, Ruf ham uning “tayinli ishi yo’qligi” ni bahona qilib tashlab ketadi. Chunki Ruf Martinni sevgani bilan, o’zining hayotdan qo’rqishga asoslangan qoidalarini undan ham ko’proq sevardi. Keyinchalik Martinga omad kulib boqib, katta shuhratga ega bo’lganidan keyin, bezbetlarcha akasi Normanning taklifi bilan Martin bilan “yarashib olish” bahonasida keladi. Shu yerda men Rufning asl yuziga guvoh bo’ldim.

Sevishga qodir bo’lgan kimsa har qanday vaziyatda sevgan insonni qo’llab-quvvatlashi kerak emasmi?

Asar juda ham qiziq, bu yerda boshqa personajlar ham bor, ammo ular haqida faqat qisqagina ta’rif berish mumkin: ikkiyuzlamachi, nochor, maqsadsiz, shuhratparast va pulga o’ch. Shu xolos, bundan boshqacha bo’lishi kerak emas.

O’qinglar