Logo
UZ

Everett Millais - Isabella

• 2 daqiqa mutolaa

Terry Davis (TempleOS / HolyC)

Isabella

Buyuk rassom nomi bilan atalgan “Rafaello Birodarligi” davrida Jon Everet Millias oʻzining “Izabella” kartinasini yaratadi. Ushbu sanʼat asari 1848-yilda chizilgan boʻlib, 1849-yilda qirollik akademiyasida eksponat sifatida paydo boʻlgan.

Suratda shunday voqea tasvirlagan: kulrang koʻylakdagi qiz - Izabella va unga apelsin tutayotgan yigit - Lorenzio bir-birlarini sevishadi. Ammo Izabellaning akalari ularning muhabbatiga qarshi edilar, chunki Lorenzio ularning qoʻl ostidagi ishchisi edi. Shu sababli oila Izabellani boy-badavlat odamga turmushga berishni maqsad qilishadi. Bunga faqatgina Lorenzio toʻsiq edi, Izabellaning akalari suratdagi ziyofatdan soʻng biroz vaqt oʻtib, xizmatkor yigitni oʻldirib, tanasini oʻrmonga koʻmib qoʻyishadi. Izabella sevgilisining gʻoyib boʻlganidan gʻam chekib yurgan kunlarining birida tush koʻradi va Lorenzioning oʻlganini payqaydi. Qiz oʻrmonga borib, murdani kavlab oladi va uning boshini rayhon solingan qozonga yashirib qoʻyadi, Koʻp vaqt uni oʻzi bilan asrab yuradi. Ammo Izabellaning akalari qozonni topib, Izabelladan tortib olishadi. Oʻzida qolgan soʻnggi umid ilinjdan ayrilgan Izabella koʻp oʻtmay vafot etadi.

Ushbu suratda har bir detal maʼlum bir maʼnoga ega. Stolning narigi tomonidan turib, sevishganlar tarafga bir oyogʻini choʻzgan erkak ularning sevgisiga chang solib, munosabatlarga shavqatsizlarcha suqilib kirayotganini bildiradi. Sinchiklab qarasangiz, stol tagida ikkinchi erkakning ham oyogʻi Izabella va Lorenzio tomonga uzatilgan, bu ham tez orada sodir boʻlajak qabih niyatga ishora. Qizil kiyimdagi Lorenzioning koʻzlari xavotirda, Izabellaga uzatilgan kesilgan qizil apelsin kesilgan boshning belgisini bildiradi. Izabella kelayotgan baxtsizlikka ishora sifatida kulrang kiyinib olgan, unga suykalib turgan it esa sodiqlik belgisi hisoblanadi.

Ushbu qorongʻu voqea avval ham bir nechta ijodkorlarni ilhomlantirgan boʻlib, original gʻoya aslida XIV asrda yashagan italyan shoiri va yozuvchisi Djovanni Bakkachioga tegishlidir. U ijod faoliyatida “Decameron” (italyancha “Oʻn kecha”) romanini yozadi. Roman voqealari Qora oʻlat davrida Florensiyada boʻlib oʻtadi unda yetti ayol va uch erkak ikki hafta davomida vaqtini birga oʻtkazadilar, dam olish kunlaridan tashqari qolgan oʻn kunda har bir kishi navbat bilan hikoya aytadi, mavzular har kuni tanlanadi, ozgina komediya, tragediya, romantika kabi yoʻnalishlarga moslab, qahramonlar har kuni 10 voqeadan aytishadi. Yuqorida aytilgan Izabella voqeasi 4-kechada gapirilgan 5-hikoya hisoblanadi.

Bakkachio Franchesko Petrarkaga ergashgan gumanistlardan sanaladi. U uygʻonish davridagi muhim shaxslardan biri boʻlgan. Ancha yillar oʻtgandan keyin ingliz ikkinchi romantik sheʼriyati davrida yashagan Jon Kits “Izabella va rayhon solingan idish” nomli poema yozadi.

✦

Why were they proud? Because their marble founts

Gush’d with more pride than do a wretch’s tears?

Why were they proud? Because fair orange-mounts

Were of more soft ascent than lazar stairs?

Why were they proud? Because red-lin’d accounts

Were richer than the songs of Grecian years?

Why were they proud? again we ask aloud,

Why in the name of Glory were they proud?

✦