✦
I was born on February 24th, 1970
The day I was delivered, they said I would build a legacy
✦
Bu kunda “Jackson’s 5” guruhining “ABC” qo’shig’i reliz qilingan kun. Ha, Maykl Jekson oilaviy guruhining bolalar uchun chiqarilgan beg’ubor treki. Kendrick aynan shu qo’shiq perspektividan trekni boshlayapti.
✦
My father was a public figure, bigger than life
…
My perfect father had many flaws
✦
Qo’shiqning yaratuvchisi Maykl Jekson - hayot ko’rgan eng buyuk artistlardan. Uning ismidan yuqoriroq publik figuralar yo’q, bo’lsa ham barmoq bilan sanarlik. Biroq, u ham inson, uning ham kamchiliklari bor.
✦
He told me his personal secrets, childhood catching on beatings
Sexually touched and abused, never seen life in a school
The price of being iconic was demonic and screwed
✦
Maykl bu qo’shiq bilan birgalikda o’sgan. O’n bir yoshidan boshlab, bu trek yonida edi. U barchasini biladi.
✦
I knew both sides of the story, but still, I couldn’t choose
See, it was more than humiliation and bein’ sued
✦
Ushbu qo’shiq - ABC - egasi atrofida aylanotgan mish-mishlarni eshitib kelgan, biladi uning pedofiliyada ayblanishiyu, qanday og’ir bandlarda ayblanib kelayotganini. U bilardi har bir hikoyaning ikki hil tomoni borligini biroq tanlolmasdi aynan bittasini.
✦
They said that I’ll live forever, but the moment he died
More accusations arrived, I had to die too
✦
ABC’ning impakti o’ta yuqori edi, bolalarning o’lmas qo’shig’i bo’lib qolishi kerak edi biroq uning yaratuvchisi Maykl o’lganidan so’ng, egasi haqida mish-mishlar, ayblovlar yanada ko’paydi, bu orada esa u butunlay unutildi…
✦
I remember takin’ my first breath August 28th, 1963
The whole nation had saved the day, I made it on TV
✦
Ushbu kun - ulug’ Martin Lyuter King o’zining ikonik “I Have A Dream” spichini qilgan kun. Kendrick endi spichning personasini olib chiqyapti.
✦
The person responsible, my creator
He never conformed or used hatred to form mass retaliation
✦
Martin Lyuter King - ilk qora tanli endi o’z qavmini gapirishga, harakat qilishga, adolatsizliklarni to’g’rilashga chaqirgan. Biroq u bunda nafratdan, ig’vo-yu, g’azabdan foydalanmadi, u tinchlik yo’li bilan ikki irq bir-birini tushunish orqali hotirjam yashay olishiga ishonardi va hech qachon xalqi oldida har qancha katta mavqeyga ega bo’lmasin o’z yo’lidan chalg’imadi, ularga umid va ishonch berishda davom etdi.
✦
My creator stripped from being a poet because he yearned
Other women, infidelity stricken, I can’t say he was perfect
✦
U ham barcha nuqsonlardan holi emasdi, u ham inson edi. U qora tanli ayollarni ulug’lasada, o’zi ham bir qancha ayollar bilan o’ralashib qolgani haqida mish-mishlar o’tlagandi. (Huddi MJ bolalar uchun sho’x qo’shiqlar aytib chiqsada, pedofiliyada ayblangani singari…)
✦
I won’t justify his personal problems, that’s not my job
I was only born to make sure your children can play outside
✦
Mana endi spich o’z so’zini aytib chiqyapti. O’sha “I Have A Dream” spichi Kingning personal muammolarini olib chiqish uchun yozilmagandi, unga berilgan maqsad o’sha qora tanli bolalarning narigi mahalladagi oq tanlilar kabi bemalol ko’chada o’ynash olishini ta’minlash edi…
So’nggi qismda Kendrick endi o’zi nomidan so’zlaydi.
✦
Think of a life without the likes of imagination that’s prosperin’
The bodies that you consider genius, you like to box ‘em in
✦
Kendrick aytmoqdaki - bizlar san’at yarata olmaydigan faqat ularni iste’mol qiluvchilar, o’zimiz ulug’laganlar mukammal Xudo bo’lishni talab qiladigan, ularning har bir xatosini sanagancha bu insonlar bizga qoldirgan mer’osini o’chirishga urinadigan, asarlarini unutilishga mahkum qiladigan odamlar - nega shunchaki san’at va san’atkorni boricha qabul qilolmaymiz
✦
Talent doesn’t choose morality
✦
Sening hayotingga sal bo’lsada mazmun olib kirgan, senga umid bergan, seni lahzalarga bo’lsada yaxshiroq inson qilgan talantlarni qadrla. Ularning xatolari sabab, boridan kechib yuborma, hayot oq va qoradan iborat emas, shunday ekan odamlar ham. Va bilginki -
✦
Earth is just a rock without the voices of art
Sincerely yours.
✦
Men xar doim aytganman biz Kendrick dek buyuk shoir zamonida yashayapmiz.
Xis qilib eshitinglar.