Logo
UZ

The Beatles — Revolver

• 3 daqiqa mutolaa

The Beatles — Revolver albomi muqovasi

Beatlesning 1965-yilda muvaffaqiyatli albomi “Rubber Soul” keyin ularga katta shuhrat keltirgan navbatdagi albom “Revolver” boʻlgan. Bu gʻaroyib ijodni boshqalardan ajratib turadigan bir nechta xususiyatlari mavjud: birinchidan, albom guruhning baʼzi aʼzolari LSD drug isteʼmol qilganidan keyin yozilgan va yaxshigina come-back sifatida qaralgan, ikkinchidan, albom qoʻshiqlari qamrab olgan mavzular yana-da boyroq va mukammalroq edi, Beatles ilk marta oʻz qoʻshiqlarida sevgi kabi hissiyotlar bilan yonma-yon real hayotiy-ijtimoiy muammolar aks etgan boʻlib, Beatles buni tinglovchilarga yaxshigina yetkazib bera oldi. Nihoyat albom mashhurligining uchinchi sababi, qoʻshiqlarda odatiy musiqa asboblari bilan birga yangi asboblar qoʻshilgan: masalan, orkestr anjomlari, hind milliy cholgʻulari kabi. Beatles bu albomni yaratish davomida oʻzlari uchun ushbu yangiliklarni kiritib, katta tavakkalni amalga oshirdi: ular bu kutilmagan yoʻnalishdan soʻng, muxlislarning baʼzilari tark etishidan biroz xavfsirashgan, ammo bunga qisman tayyor boʻlishgan.

Albom reliz qilingandan keyingi natija esa mutlaqo kutilmagan edi: albomning mashhurligi shu darajaga yetdiki, Beatlesga “Isodan ham mashhurroq” deb taʼrif berildi. Albom chartlarida 6 hafta davomida 1-likni bermadi, 2003-2012-yillarda, ‘Rolling stone’ jurnali albomni “Barcha davrlarning eng buyuk 500 albomi’, roʻyxatiga, Kolin Larkin oʻzining “Barcha vaqtlarning top 1000 albomi” deb atalgan kitobiga kiritgan.

Albom Britaniya aholisi uchun har doimgidek, topga aylandi, ammo Amerikada uning tarkibidagi 14 trekdan 11 tasi guruh tomonidan qayta ishlanib, soʻng taqdim etilgan.Bu Beatles uchun oʻzgacha yoʻnalish va rivojlanish yoʻlidagi muhim jarayonlardan biri edi. Guruhning avvalgi studiya albomlari oʻsish bosqichida boʻlib, “Revolver” ga kelib, ularning isteʼdodini bundan-da balandroq choʻqqiga chiqa olishi yaqqol namoyon boʻldi.

‘Revolver’ga qanday mavzudagi qoʻshiqlar kiritilgan?

Mavzular har doimgidek rang-barang boʻlib, avvalgi qoʻshiqlarga qaraganda maʼnolarning yana-da sayqallanishini sezishimiz mumkin. Undagi treklarga ijtimoiy tomondan ham, hissiy, idrokiy va biroz falsafiy tomondan ham yondashilgan. Guruh aʼzolari ancha tajribali boʻlib qolishgan va tom maʼnoda ‘ancha ulgʻayishgan’ edi.

‘Taxman’ qoʻshigʻi soliqlardan nolish holida yozilgan boʻlib, guruh tomonidan soliqchilarning qiyofasi biroz sarkazm ostida kuylanadi. Shubhasiz, bu qoʻshiq guruh aʼzolari ham boshqa odamlardek, jiddiy soliqlarga duch kelganidan keyin yozilgan.

✦

If you drive a car, I’ll tax the street

If you try to sit, I’ll tax your seat

If you get too cold I’ll tax the heat

If you take a walk, I’ll tax your feet

✦

Eleanor Rigby - Pol Makkartining va guruhning doʻsti Eleanor Bornga bagʻishlangan. Eleanor Born guruh karyerasi endi boshlangan davrlarda qoʻshiqlar uchun gʻoyalar yozib bergan hamda guruh uchun ajralmas qadrdon boʻlib qolgan edi. Qoʻshiq oʻzgacha simpatiya timsoli boʻlib, dunyoning oʻtkinchiligi, hamma oxir- oqibat yolgʻizlikda oʻlim topishi va baʼzan yaxshi odamlarga ham taqdir adolatsiz munosabatda boʻlishini esga soladi, matnda Eleanorning cherkovda halok boʻlishi haqida aytiladi. Qandaydir ruhoniy Makkenziy qoʻllaridagi kirni artadi, hech kim kelmagani va hech kim saqlab qolinmagani taʼkidlanadi. Albatta, bular ramziy maʼnodagi jumlalardir. Qoʻshiq ohanglariga oʻzgacha uslub - orkestr ham joʻr boʻlganini sezishimiz mumkin, bu bizga uni eshitish davomida toʻliq motam atmosferasini yoritib beradi.

‘Iʼm only sleeping’ taronasi ham hamma odamlar boshdan kechiradigan gʻalati hissiyot, yaʼni hamma narsadan oʻzini olib qochish va dangasalik haqida. Lirik qahramon hech narsa qilmasdan faqat uxlamoqchi ekanini aytadi, uni dangasa degan odamlarni ahmoqqa chiqarib, tush koʻrishni xohlashini uni yolgʻiz qoldirishlarini xitob qiladi. Baʼzan hamma ham shunday qilgisi kelib qoladi, qachonki hammasidan charchaganda, depressiya holatlarida, koʻngilsiz vaziyatlarda. Odamlar shu yoʻl orqali oʻzlariga taskin bermoqchi boʻlishadi. Guruh bu mavzuni kuylab yaxshi qilgan.

‘Here, there and everywhere’ - sevgi haqidagi qoʻshiq boʻlib, juftliklar oʻz sevganlari bilan hamma joyda boʻlishga intilishini aytadi. Qoʻshiqni eshitib koʻrmaguningizcha, bunday muhitni oddiy soʻzlar orqali tushuntirish mushkul, nazarimda.

✦

Each one believing that love never dies

Watching her eyes and hoping I’m always there

I will be there and everywhere

Here, there and everywhere

✦

‘Yellow submarine’ - asosan, Pol Makkarti tomonidan yaratilgan qoʼshiq Bolalar uchun moslangan hisoblanadi. Qoʻshiq kuylanish jarayonidagi yana bir yangilik orqa fonda koʻp sonli odamlarning ‘We all live in a yellow submarine Yellow submarine, yellow submarine’, deb “party” holida kuylashi boʻlgan. Qoʻshiq dengizchilar va oʻzgacha sarguzashtlarni esga soladi. U 1966-yil Billboard chartda 100 talikdan ikkinchi oʻringa loyiq topilib, guruhning eng muvaffaqiyatli qoʻshiqlaridan biriga aylandi.

‘Love you to’ - muhabbat haqidagi guruhning navbatdagi shedevrlardan biri boʻlib, uning oʻzgachachaligi ohanglarning hind milliy cholgʻulari - tabla va sitar bilan uygʻunligidir. Jorj Harrison Ravi Shankarning ishlaridan ilhomlanib, ushbu taronani yozadi. Shankar keyinchalik, Harrisonning sitar cholgʻusi boʻyicha murabbiysi boʻlgan. Guruh bu usul bilan muhabbatni tasvirlashning hindcha yoʻlidan foydalanib koʻrmoqchi boʻlishgan va menimcha, ular bunga erishdilar.

Eshitinglar.