
Albom haqida
“Parachutes” Coldplay guruhining birinchi debyut albomi boʻlib, 2000-yil 10-iyulda chiqarilgan. Rasmiy ravishda treklar soni 10 ta boʻlib, Yaponiya uchun maxsus qoʻshilgan yana ikkita qoʻshiq bor (“Careful Where you stand”, “For you”) Albom Coldplay uchun ilk qadam boʻlsa-da, guruhga katta muvaffaqiyat olib keldi, Billboard 200 chartida 51-oʻrinni egalladi. “Eng yaxshi alternativ musiqa” yoʻnalishida 2002-yilda Grammy yutdi, XXI asrda Birlashgan Qirollikda “eng koʻp sotilgan 22-albom” boʻldi. “Parachutes” 2020-yilgacha 13 million nusxada sotilib, musiqa tarixidagi muvaffaqiyatli albomlardan biriga aylangan.
Qoʻshiqlar haqida
“Parachutes” tarkibidagi deyarli hamma qoʻshiq chiroyli bastalangan. Mayin, hech qanaqa ogʻrinishlarsiz eshitasiz, tushuna olasiz va his qilasiz. Treklar shu qadar yoqimliki, hayotga boʻlgan muhabbatingiz oshib ketadi, uning yorqin tomonlarini koʻrishni boshlaysiz. Coldplayning qudrati ham aynan shundadir: u har qanday toshbagʻir odamni hayotni, borliqni sevishga majburlay oladi.
Albom tarkibidagi “Donʼt Panic” qoshigʻida bir jumla takror-takror aytiladi:
✦
” And We live in a beautiful world
Yeah, we do, yeah, we do
We live in a beautiful world”
✦
Coldplay bizni dunyoni goʻzal qabul qilishga oʻrgatadi, uning har doim ham qora tomonlarini koʻraverish insonni ruhan sindirishini yaxshi koʻrgan holda, guruh ijodkorlari har bir trekka positiv va optimistik kayfiyat bagʻishlagan. Koʻpchilik biladigan “Yellow” qoʻshigʻi ham xuddi shunday ruhda yozilgan, shaxsan men uchun albomdagi eng sevgan qoʻshigʻim boʻldi:
✦
“Look at the stars
Look how they shine for you
And everything you do
Yeah, they were all yellow.
I came along
I wrote a song for you
And all things you do
And it was called “Yellow”
✦
Coldplay gʻoyalari ruhga qaratilgan, u faqat yaxshilikni koʻrishga va yaxshilikni topishga oʻrgatadi. Goʻzallik, nafislik inson hayotida qanday muhim ahamiyatga egaligini yorqin ranglar bilan koʻrsatib beradi. Bu guruh qanaqadir bir butun donishmand qalbga oʻxshaydi. U hech qanday bosim oʻtkazmaydi, jahl qilmaydi, nolimaydi, majburlamaydi. U shunchaki bizga toʻgʻri manzilga borayotgan yoʻlni namoyish qiladi. Shuning uchun ham Coldplay haqida hech qachon hech qayerda heyt eshitmaysiz. Ular birday seviladi, chunki Coldplay insonlarni va borliqni sevadi, shuning uchun qoʻshiq kuylaydi. Buni albomdagi “Parachutes”, “Trouble”, “Everything is not Lost”, “Hidden Speed”, “Sparks” qoʻshiqlarida eshitishingiz mumkin.
“We never change” qoʻshigʻidan
✦
“So I wanna live in a wooden house
I wanna live life and always true
And I wanna live life and be good to you
I wanna fly and never come down”
✦
Coldplay eshitinglar va mutaffakir Lestat aytgandek, sevgi ulashinglar.