
1-qism
Inson taqdirini tanlash huquqiga ega emas,lekin inson ilohiy kuchlarni his qilishga va bilishga, izlanishga erki bor.
Kirish: Gyote haqida
Tanishamiz o’rtoqlar rasmdagi akamiz Iogann Volfgang fon Gyote 1749-yil 28-avgustda Frankfurda tavallud topgan va 1832-yil 22-mart kuni Veymar shahrida nargi dunyoga rixlat qilgan.
U kim bo’lgan deb so’raydigan bo’lsanglar, U, oʻz davrining dramaturgi, romanisti, ensiklopedist-olimi, davlat arbobi, teatr rejissori va kritik boʻlgan. Iogann Gyote - yurist va Rim imperiyasi kayzeri(nem) (lot, Caesar Sezar) qirollik maslahatchisi, bibliofil va kollektsioner Iogann Kaspar Gyote (1710 -1782) oliy sudya va shahar hokimi Katarina Elizabet Gyotelarning (1732-1808) oʻgʻli hisoblanadi. 2 yillik ummumiy ta’limdan so’ng Gyote uyda saboq oladi, oilaning 2000 tomdan kitoblar bo’lgan. Gyote har tomonlama mukammal ta’lim olgan, nemis tili, fransuz, lotin, grek, idish, ivrit, ingliz, italyan tillari, tabiiy fanlar, din va rassomchilikdan xabari bo’lgan. Undan tashqari, fortepiano, ot minish va raqs bilan shugʻullanishgan.
Gyoteni adabiyotga va falsafaga qo’shgan o’rni beqiyos sizlarga aytsam. Iogann Gotlibom Fixte, Iogann Gotfridom Gerder, Aleksandr fon Gumbolt, Vilgelm fon Gumbolt, Avgust Vilgelm Shlegel va Fridrix Shlegellar bilan birgalikda veymar klassitsizmi paydo boʻlishiga turtki boʻlishadi. (nemislar adabiyoti va madaniyatidagi alohida yoʻnalish)
Nazarimda hamma “Faust” haqida aqalli bir marta bo’lsa ham eshitgan bo’lsa kerak.
FAUST janri Tragediya ( Faust Eine Tragödie) Gyote ijodidagi eng asosiy va katta mehnatga ega boʻlgan sheʼriy asar boʻlib, dramatik oʻqilishiga ega boʻlgan falsafiy va chuqur maʼnoga boy yoʻnalish hisoblanadi.
Gyote bu asar gʻoyasi ustida naq 60 yil ishlagan. Faustning eng birinchi qismi 1790-yillarda yozila boshlangan, 1806-yilda esa butunlay yozib tugatilgan. Yozib tugatilgandan soʻng 2 yil davomida qayta va qayta bosib chiqarish uchun koʻrib chiqilgan(1828). Oxirgi qismini esa Gyote umrining oxirigacha yozgan va faqatgina uning oʻlimidan soʻng 1832 yillarda ovoza qilingan, yaʼni chop etilgan. Falsafiy va sheʼriy ritmlari yaxshi maʼnoga ega boʻlgan asar sifatida nemis poeziyasining yuqori choʻqqisidan joy olgan.
bu post Faust qayta qayta o’qib tushungan narsalarim haqida, qani duo unda boshladik
Doktor Faust oʻzi kim? Nega aynan Faust?
Gyote asl matndagi oddiy nasroniy axloq ta’limotini yanada murakkablashtiradi. U har xil madaniyatlarni oʻz ichiga olib asoslanib yozadi, yaʼni, xristian, oʻrta asr, Qadimgi Rim, sharq va yunon sheʼriy, falsafiy va adabiy madaniyatlarga tayanadi. Ya’ni agar siz Faustni tushunmoqchi bo’lsangiz, tepada sanab o’tilgan narsalardan oz bo’lsada ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak. (xazillashdim SHART)
logann Georg Faustning tugʻilgan yillari haqida aniq maʼlumot yoʻq, har xil talqin qilingani uchun faqatgina taxminlar bor xolos. 1480 Kintligen, Qadimgi Rim Imperiyasi - 1540 Shtaufen-im-Braysgau, Qadimgi Rim Imperiyasi.
Faust XVI asrlar birinchi yarmida Germaniyada yashagan afsonaviy sayohatchi, alximik, astrolog va sehrgar deya taʼriflanadi. Reformatsiya ( keng diniy va ijtimoiy-siyosiy yurish) davrlarida doktor Faust haqidagi uning afsonaviy hayotini talqin qilishni boshlashgan. Buning natijasida Yevropa adabiyotida yangicha asarlar yaratilishiga sabab boʻlgan va bundan eng mashhurlari, albatta, Gyotening «Faust» tragediyasi hisoblanadi. Faustning hayoti kechinmalari koʻpincha XVI asr oxirlarida paydo boʻladi, lekin ularning orasida Faustga tegishli eng aniq faktni belgilab olish juda qiyin.
Faustning adabiyotdagi obrazlari har xil talqin qilingani uchun ham hozir bu masalaga chuqur yondoshmaymiz, chunki juda koʻp manbalar va har xil tarixiy asarlar mavjud. Yaʼni, Faustdan oldingi vaqtlarda yashab oʻtgan va tarixiy oʻringa ega boʻlgan shaxslar ham mavjud, ular haqida keyinroq yozmoqchiman.
Aynan Gyotening butun umrini bagʻishlab yozgan tragediyasi nafaqat nemis adabiyoti uchun eshiklarni ochgan, balkim, rus yozuvchilari ham Gyotedan ilhomlanib shedevr asarlar qoldirishgan. Masalan, Turgenev, Pushkin, Bulgakov va boshqalar. Yana bir qator rassomlar ijodida ham Faustga bagʻishlangan ishlarini koʻrishlaringiz mumkin, misol, Rembrandt (ofort Faust), Kaulbax; Brubel (panno-triptix); Delakrua (Kornelius, Retsh).
Endi mavzuning asosiy nuqtasiga oʻtsak, yaʼni, nima uchun koʻpgina tarixiy manbalarda va jahon adabiyotida Faust bu Gyote, Gyote bu Faust deyishadi. Javobi oddiy, hozir asarni ushbu postda muhokama qilmayman, lekin, qisqa taqqoslash qilib oʻtishim mumkin, birinchi sabablardan biri, Faust dunyoning bor bilimiga ega boʻlgan inson, Gyote ham koʻp narsani bilgan va koʻp sohalarda yuksalgan shaxs, diniy bilim, cheksizlik, siyosat va turli xil sohalarda kuchli bilimga ega boʻlishgan. Lekin degan jihati bor, Faust asarda qalbini iblisga sotsa, Gyote sotganmi yoʻqmi biz bilmaymiz. Oʻquvchilarga qaratib yozilgan asarlarda, yozuvchi doim oʻz kechinmalarini yetkazishga harakat qilishadi. Gyote ham xuddi shu talqinda, oʻsha davrdagi Yevropa va boshqa Sharq mamlakatlaridagi madaniyatni, ayniqsa, Qadimgi Rim, siyosiy boshqaruvlar va insonlarning oʻsha davrdagi haqiqiy kechinmalarini koʻrsatishga uringan.
Ushbu tragik asarda Faust mukammallikka va dunyo lazzatlarini barchasiga ega boʻlishga boʻlgan istagiga koʻp urgʻu beriladi, ushbu maʼnodan kelib chiqib fikr yuritadigan boʻlsak, demak, u koʻp narsalarni bilib boʻlgan, yuksaklikka erishgan, lekin unga nimadir yetishmaydi. Koʻpchilik xulosa qilishi mumkinki, yaʼni inson yuksaklikka intilavergani sari uning sof xohishlari oʻzgarib ketib va U oldin ishongan diniga nisbatan ham umidi qolmaydi. Butun koinot sir asrorlari-yu va uning oxiri qayerdaligi ham bunday insonlarni yoʻldan urishi mumkinligiga ham silliq urgʻu beriladi.
Asar haqida
Asarning o’ziga keladigan bo’lsak, unda juda kuchli falsafa, ko’plab tarixiy va mifologik qahramonlar, xodisalar va ismlar mavjud, kitobni yaxshilab tushunish uchun esa ularning ta’rifini bilishingiz kerak. Raxmatli Gyote 60 yil yozgan san’at asarni shunchaki semichka chaqib o’qiy olmaysiz. Koʻpgina nomlarda izlanish talab etiladi. Falsafa va boshqa sohalarda ozroq bo’lsa ham bilimingiz bo’lmasa asarning asl mohiyatiga yeta olmaysiz, har qadamda yangi nomlar chiqaveradi, qalbini iblisga sotgan, keyin sevib qolgan, qizni ham yoʻldan urgan, onasini oʻldirgan, valpurgiya kechasi, bogʻlar, alvastilar, yoshlik eliksiri, qariydi, oʻladi, iblis yutdim deganda yutqazadi deb tushunasiz, xolos.
Asosiy qahramonlar
-
Faust - alximik, sehrgar
-
Mefistofel - Iblis
-
Tangri Xudo
-
Gretxen(Margarita)
-
Vagner(oʻquvchisi Faustni)
-
Yelena(qadimgi yunon xudosi, (Faustdan ikkalasini Evforion degan oʻgʻli boʻladi Faust va Yelenaning turmushi - Antik va romantik davrlar boshlanishining belgisi hisoblanadi.)
-
Valentin - Soldat, Margaritaning (Gretxen)akasi. Faust uni oʻlidirib qoʻyadi
-
Mefistofel - inkor qiluvchilar, skeptiklarni gavdalantiradi. Shumtaka - Ayyor - Hiylagar - Aldoqchi - O‘zini bechora qilib ko‘rsatuvchi. Uning vazifasi inson zoti qanchalik rasvoligini koʻrsatib berish.
Mefistofel Faustni yoʻldan urib nimaga erishmoqchi boʻladi? Albatta, birinchi navbatda Tangri bilan qilgan bahslariga isbot koʻrsatish uchun va inson Tangri aytganchalik toʻgʻri mavjudot emasligini ilgari surishga harakat qiladi.
Faustda asarida Gyote oʻsha davrdagi yevropaliklarni gavdalantiriladi. Oldin hamma haqiqatlar faqat Xudo bilan boʻgʻliq boʻlgan va jismoniy olam hech kimni qiziqtirmagan. Shundan keyin turlicha ixtirolar va izlanishlar paydo boʻlgan
Tangri bilan bahs boʻlgan qismidan keyin Faustning chiqishi boʻladi. U xonasida yolgʻiz oʻtirib shuncha narsani oʻrgandim, ilohiyot bilan band boʻldim, yetuklikka erishdim, lekin nodonman hamon deya oʻzini chuqur oʻyga botiradi.
✦
Ilohiyot ila band boʻldim,
Faylasufi xiradmand boʻldim.
Ilmi huquq, ilmi tabobat —
Barchasini oʻrgandim, faqat,
Faqat menga bir narsa ayon:
Nodon edim, nodonman hamon.
✦
Gyote aynan shu joyini pessimistik qarashlar bilan boshlaydi. Faust kimligini bilsa ham hayot U uchun zerikarli boʻlib tuyuladi. Mefistofel uning gʻamga tushgan hayollari, qalbiga tez kirib boradi, chunki U Faust istagan barcha narsani taqdim etadi. Yaʼni, Mefistofel bu yerda Tangri emaski hamma narsani bera oladigan, u inson eshitishni istagan va qilishni istagan yoʻlga boshlovchi bir iblis, xolos. Baʼzan Faustning jahli chiqadi, axir menga boshqacha gapirganding deb, lekin oʻzi shu holatga rozi boʻlganini ham tushunadi.
Mefistofel, Faustni Margarita bilan uchrashtirib qoʻyadi, lekin Faust Margaritani sevmaydi, uning sevgisi va maqsadi boshqa: bu dunyoni boshqa tomonini koʻrish, Margarita bu yerda shunchaki vosita boʻlib qoladi. U yosh, goʻzal, ishonuvchan, Tangrisiga ishonadi, qonun qoidalardan chiqmaydi, Faustni koʻrgach barchasi oʻzgaradi, sevgisi uchun onasini oʻldiradi. Margaritaning akasini Faust Mefistofelning gapi bilan oʻldirib qoʻyadi: bu yerda akasi esa singlisi qanchalik shaʼni yoʻqligini va bu uchun u javob berishini aytib oʻlib qoladi.
Bu hodisaga chidolmagan Margarita(gretxen) oʻzini qamoqxonada oʻldirib qoʻyadi.
Margaritaning Faustga Xudoga ishonasanmi degan gapi asarda ochiq qolib ketadi. Yaʼni, sevgilim, bu haqida soʻramang aslo deya gapni yopadi. Faustning qalbi Tangriga bogʻlanganmi yoki yoʻqmi bilish qiyin, sababi, U yoʻq ham demaydi, ha ham demaydi. Ammo, asar boshida Tangri yaratgan va koʻrsatgan amallar ustidan istehzoli gapiradi.
Asarda davlat boshqaruvlari ham koʻrsatib ketilgan. Imperator Iblisga ishonib qimmatga tushdim degan joylari bor) Yaʼni, u koʻrsatgan koʻrsatmalar oxirida puch boʻladi, xalq koʻtarilmasligi uchun nima kerak boʻlsa qilinadi.
Faust barcha narsaga erishadi, beshinchi faslda u 100 yoshday tasvirlanadi. Oʻlim vaqti kirib kelishidan oldin, shuncha yoʻl bosib oʻtdim, barcha dunyo lazzatin va ilmga erishdim. Olam hikmatini ayladim yakun! Insonlar oʻz erki hayoti uchun jang qilolsa, oʻsha hayot uchun munosib deydi.
✦
Shu onlarda aytardimki: Toʻxta ey vaqt! Goʻzalsan gʻoyat!
Aytardim hayotda men qoldirgan iz
Oʻchmayin qolajak abadul abad
Oʻshal soniyani sezib oldindan
Eng oliy lahzada turibman bu dam!
✦
Mefistofel Faustni joni tezroq uzilsayu men gʻalaba qozonsam deb uning tepasida turaveradi, lekin uni malaklar olib ketadi… NEGA? (Shu joyini birinchi marta kechasi o’qigan edim, nima bo’lgani tushunmay qolganman, keyin miyyani yechib uxlab yuborganman onasini emsin Gyote deb)
Nima uchun asar tragediya deb nomlansayu, lekin Faust jahannamga ketmadi iblis bilan? Uni malaklar olib ketdi. Ma’lumot uchun o’rtoqlar, Faust asarda shayton iblisni shaxsan o’zi o’zi bilan shartnoma qiladi. Mefistofel(shayton) unga dunyo rohat farog’atini ko’rsatishga vada beradi, evaziga esa ruhini so’raydi, Faust rozi bo’lib, shartnomani qon bilan imzolaydi. Bu ishi uchun Faust do’zaxda do’mbira bo’lishi kerak edi, lekin uni ruhini malaklar(farishtalar) jannatga olib ketadi. HAAAA
Gyote bu yerda nima demoqchi boʻlgan. Inson qalbidagi uchqun va dunyoga boʻlgan nazari, va muhabbati soʻnmasa, oxirgi nafasigacha umid uchqunini soʻndirmasa bu olamni anglay oladi degan fikrni ilgari surib qoʻygan.
Mefistofel (Iblis) hattoki oʻzi ham malaklar aytgan muhabbat soʻzlariga ishongisi keladi. Ammo, shu onlarda Faustni ular yuqoriga koʻtarib olib ketishadi. Faustning Toʻxta ey Vaqt, men angladim dunyo sirin degan maʼnodagi gapi, xuddi uning qalbida qandaydir yorugʻlik va uchqun paydo boʻldi deganday yozgan Gyote.
Ha o’rtoqlar asar mazmuni ham shu. Farishtalar Faustni gunohsiz yoki uning najoti mukammal bo‘lgani uchun emas, balki u doimo yuksalishga intilgani uchun olib ketishdi. Faust ko’p xatolar qilishiga qaramay u umrining oxirigacha izlanishdan va harakat qilishdan to’xtamadi.
Ya’ni o’rtoqlar, eng qadrli narsa bu insonning doimiy ravishda haqiqatni, yaxshilikni va yuksalishni izlashga bo’lgan intilishi
Bu yerda Gyote juda qiziq bir falsafiy qarama-qarshilik yaratadi: insonni uning xatolari emas, balki xatolaridan keyin qaysi tomonga intilishi belgilaydi.
Yana bir muhim jihat: Faustning “qutqarilishi” Gretxenning sevgisi va kechirimi bilan chambarchas bog’liq. Gretxenning ruhi yuqoridan Faust uchun shafoat qiladi.
Sevgi, tavba, intilish va ilohiy rahm-shafqat birlashib, Faustning najotiga sabab bo‘ladi.
O’qinglar.